Taqdir qancha bersa sinov , Yovga sirim ochmayman, Ishoninglar bu hayotda, To'rt insondan kechmayman! Bag'rim o'yar dardim lekin, Bir qadah ham ichmayman, Bu dunyoda otam onam, Chin do'stimdan kechmayman! Boylik istar shaytonlarning, Boshidan zar sochmayman, Meni sevar chin vafoli, Go'zal yordan kechmayman! Alqissakim yaratganning Panohidan qochmayman, Ular mendan kechsa hamki, Men ulardan kechmayman!