Четверг, 2024-04-25, 12:14 PM
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [11]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 4
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Yangiliklar
Vetnamda ikki turli erkakdan
egizak farzand ko'rish holati qayd
etildi, deb xabar bermoqda Tuoi
Tre News portali. Bunday hodisa
juda kam uchraydi.

Xanoydagi irsiy tahlil va
texnologiyalar markazi direktori
Nguen Txi Nganing aytishicha,
2016 yil fevral boshida unga yangi
tug'ilgan egizaklarning biologik
otasiligini tekshirishni istagan
erkak murojaat qilgan. Erkakning
yaqinlari egizaklardan biri otasi va
egiziga umuman o'xshamasligini
aytishgan. Irsiy tahlil egizaklarning
onasi bir ayol ekanligini, biroq
uning turmush o'rtog'i faqatgina
egizaklardan birining otasi
ekanligini tasdiqlagan.

Fanda geteropaternal
superfekundatsiya deb ataluvchi
bu hodisa bir necha omillarning bir
vaqtda yuz berishidagina sodir
bo'lishi mumkin. Bunday
holatlarning yuz berishi juda kam
uchraydi. Nguenning aytishicha, u
... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 569 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Yaqinda uzoq kutilgan "Omon
qolgan" filmi uchun "Oskar"
mukofotini olgan aktyor Leonardo
Di Kaprio mukofot olish vaqtida
sahnada Jahongir Ahmedovning
"Majnun" filmi haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha, "Majnun" filmining
premerasi "Oskar" topshirish
kuniga qadar bo'lganida "&ng
yaxshi aktyor" mukofotini
shubhasiz Ulug'bek Qodirov olgan
bo'lar edi.

"Agarda shu yil ham "Oskar"ni
olomay qolsam, aktyorlikni tashlab
arendaga Matiz olib kira qilmoqchi
edim", dedi aktyor.

Shuningdek, aktyor o'zining yana
bir orzularidan biri "Majnun"
filmining premerasiga tushish
ekani ma'lum qilgan.

"Sizlarda taklifnoma yo'qmi? Menda
bor. Hammaga yetadi. Hammamiz
birga Toshkentga boramiz",
dedi "Oskar" sovrindori.

Manba: Kun.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 463 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Taniqli o'zbek kinoaktyori Ulug'bek
Qodirov ayollar bayrami
munosabati bilan o'z onasi haqida
gapirib o'tdi.

“Yodimda, onajonim xarid qilgan
yangi tuflida yigitlar bilan aylangani
borganmiz. Yangi poyabzal
oyoqlarimni g'ajib, qonatib
tashlasa ham, chekinmay, o'sha
paytdagi Teatr va rassomchilik
institutigacha borganman. Keyin
uyga kelib, Onajon, ana shu
oliygohga kiraman”, deganimda,
volidam hayrat bilan
Nimaga?, deganlar.
Axir qonim o'sha dargoh
darvozasi ostida to'kildi”, deb
hazillashgan edim.

Aktyor o'z yutuqlarida onasining
xizmati beqiyos ekanini aytib,
aktyorlikda nimaiki topgan
bo'lsam, volidamning muqaddas
fotihalari, duolari sabab”, deya fikr
bildirgan.

Manba: Kun.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 410 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 2020-yilga
kelib 1,42 milliard kishiga yetadi. Ushbu
ma’lumot Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi bo‘yicha 13-beshyillik rejasi
(2016—2020-yillar) loyihasiga kiritilgan.
Bu haqda “TASS” xabar beradi.

“Xitoy tug‘ilishni rejalashtirish tizimini
isloh qiladi va bir oilada ikki bola
strategiyasini amalga oshiradi. 2016-yilga
kelib Xitoy aholisi 1,42 milliard kishiga
yetishi bashorat qilinmoqda”, — deb
ta’kidlanadi hujjatda.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2015-
yilda Xitoyda 1,37 milliard kishi istiqomat
qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning
dekabrida Xitoyda “bir oilaga — bir
farzand” siyosati rasman bekor qilingan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 352 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Xitoyning markaziy qismida
joylashgan Chuntsin shahrida 9
yoshli bolaning onasi o'z
farzandini kuniga 16 soatdan
o'qishga majbur qilmoqda. Bu
haqda South China Morning Post
nashri xabar bermoqda.

Bola maktabdan qaytayotgan
paytda ham uy ishini bajarib
ketadi, darsdan tashqari vaqtda
hattotlik, suzish va matematika
bilan shug'ullanadi. Bola bularning
barchasiga ulgurish uchun har
kuni ertalab soat 5 da uyg'onadi va
soat 6 dan qo'shimcha
mashg'ulotlarni boshlaydi. Bolaga
faqatgina kechki soat 22 da dars
qilishni to'xtatishga ruxsat beriladi,
shunday keyin bola uyquga ketadi.

Bolaning onasi bunday tarbiya
usulini o'z otasidan meros qilib
olgani, uning otasi ham uni
yoshligida xuddi shunday usulda
tarbiyalaganini ta'kidlamoqda.
"Agar o'g'lim kelajakda o'ziga yengil hayotni ta'minlamoqchi bo'lsa, unda
hozir ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 376 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Yerdan 11,8 million kilometr naridan
diametri 470 metrli 2015 WH2 asteroidi
uchib o‘tib ketdi. Bu haqda Xalqaro
astronomiya ittifoqining kichik sayyoralar
markazi ma’lum qilgan, deya xabar beradi
“RIA Novosti”.

Mazkur asteroid 2015-yil noyabrida
amerikalik astronomlar tomonidan
Arizona shtatining Lemmon tog‘ida
joylashgan observatoriyada aniqlangandi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, uning o‘lchami yirik
bo‘lib, diametri 150 dan 470 metrgacha
boradi.

Asteroidning kimyoviy tarkibi va shakli
hozircha olimlarga ma’lum emas.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 337 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

O'lik dengizi suvining sathi shiddat
bilan pasayib ketmoqda. Haaretz
gazetasi maxsus tadqiqotida
yozishicha, 1976 yil O'lik dengizi
suvi yuzasi dunyo okeaniga
nisbatan 398 metr pastroq
bo'lgan, 2015 yilning dekabriga
kelib bu ko'rsatkich 430 metrga
yetdi.

Mutaxassislarning bahosiga ko'ra,
O'lik dengizining suvi yaqin 20 yil
ichida yana 25 metrga kamayishi
mumkin. Oldini olish choralari
ko'rilmasa, 2050 yilga kelib Yer
yuzidagi eng sho'r suv havzasi
butunlay yo'q bo'lib ketish xavfi
bor, deb xabar beradi TASS.

Bir yil avval Isroil va Iordaniya Qizil
dengiz suvini chuchuklashtirib,
tuzli qoldiqlarni qurib borayotgan
O'lik dengiziga quyish haqida
kelishib olgan edilar.

O'lik dengizi sayyoramiznig eng
past nuqtasi hisoblanadi. Uning
janubiy chekkasi allaqachon
qisman qurib bitgan. Qurigan
qism ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 314 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-03 | Комментарии (0)

So‘nggi vaqtlarda internet-nashrlar, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram, Whatsapp kabi messenjerlarda taniqli shaxslar, mashhur san’atkorlar, shou-biznes olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, yolg‘on xabarlar yashin tezligida tarqalishiga o‘rganib qoldik. Omma fikriga ko‘ra, ma’lum internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar bu bilan o‘z reytinglarini oshirmoqchi bo‘lishadi. Yolg‘on, ammo savol ko‘rinishidagi ma’lumotlarni tarqatish ommani jalb qilish, shuhrat topishning eng oson usuli. Biroq inson taqdirichi? Yolg‘on xabarni tarqatishga bo‘lgan javobgarlikchi?

Bugun erta tongdan Telegram messenjeridagi ayrim kanallarda bollivudning taniqli aktyori Amitabh Bachchanning vafot etgani bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Xabarda aktyorning xastalikka chalingani va vafot etgani aytiladi va Bachchanning shifoxonada yotgan surati ilova qilinadi. Bu xabar aktyorning o‘zbekistonlik muxlislarini xavotirga solmay qo‘ymadi, albatta. Tinimsiz qo‘ng‘iroqla ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 368 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-02 | Комментарии (0)

Rossiya Fanlar Akademiyasi Uzoq Sharq
bo‘limi qoshidagi Tinch okeani bioorganik
kimyo institutida dengiz yulduzlari, dengiz
tipratikanlari va limon o‘tdan ajratilgan
moddalarni qo‘shib, o‘ziga xos shokolad
yaratildi. Bu haqda 1-mart kuni institut
sayti orqali xabar qilindi.

Xabarnomada aytilishicha, bu moddalar
“dengiz vitaminlari” deb atalgan. Ularning
yig‘indisi qarish jarayonini sekinlashtirib,
metabolizmni yaxshilaydi, o‘z navbatida
hayot sifati va umr davomiyligini oshiradi.

Dengizdagi tabiiy qo‘shilmalarni 40 yildan
buyon o‘rganib kelayotgan institut
xodimlari yangi mahsulotga “Dengiz
shedevri” deb nom bergan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 356 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-01 | Комментарии (0)

O'z o'qituvchisining qotilligida ayblangan
amerikalik o'smir umrbod qamoq
jazosiga mahkum qilindi. Bu sud hukmi
Massachusets shtatidagi Salem shahrida
chiqarilgan.

17 yoshli Filip Chizmga 2013 yilning
oktyabrida ayblov qo'yilgandi.
Prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, u bu
harakatini 14 yoshdaligida Denvers
shahridagi maktabdagi
mashg'ulotlardan keyin 24 yoshli
matematika o'qituvchisi Kolin Rittserni
o'ldirgan. Qoralovchi tomonning
bildirishicha, o'smir ayolga kantselyariya
pichog'i bilan hujum qilib qattiq
jarohatlagan, keyin bo'g'ib tahqirlagan.

2015 yilning dekabrida Chizm o'z aybiga
iqror bo'ldi.

Jinoyatning og'irligiga qaramay, Chizmni
voyaga yetmagan sifatida sud qilishgan.
Oqlovchi tomonning aytishicha, o'smir
o'sha vaqtda ruhiy inqiroz hamda
g'azabda bo'lgan va o'zi nima
qilayotganini anglamagan.
... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 340 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-02-27 | Комментарии (0)

1 2 »

Вход на сайт

Поиск
Календарь
«  Апрель 2024  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024
    uCoz