Вторник, 2024-05-14, 1:16 PM
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Qo;shiqlar Matni [1]
Foydali Maqolalar [2]
Odnoklassniki Sirlari [0]
Yulduzlar Biografiyasi [21]
Hikoyalar (Real Voqealar) [0]
Kulgu Saxifasi [0]
Tush Tabiri 1000 xil [0]
Pazandachilik Sirlari [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 4
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Foydali Maqolalar

Uyqu holati salomatligimizni yaxshilashi mumkin
Aytishlaricha hayotimizning ⅓ qismini uyquda o`tkazar ekanmiz. Uyqu holati esa salomatligimizni yaxshilashi mumkinligini bilasizmi? Ha, bu ayni haqiqat! Tunda qay holda uxlashingiz keyingi kungi kayfiyatingiz va jismoniy holatingizga bevosita o`z ta’sirini o`tkazadi. Agar noto`g`ri holatda uxlasangiz, bekordan-bekorga o`zingizni qiynaganingiz qoladi. Bu maqolada uyqu holatining sog`ligingizga ta’siri borasida to`xtalib o`tamiz.

Chalqancha yotish yoga bilan shug`ullanishdek gap

Yogadagi Savasana gavda holati haqida eshitganmisiz? Bu holatning tub mohiyati shundaki, odam chalqancha tekis holda yotganda o`zini juda qulay his qiladi. Yoga ekspertlari Savasana gavda holatini yaxshilashi, bosh og`rig`ini kamaytirishi, ichki quvvatni oshirib, uyqusizlikni davolashini ta’kidlaydilar.

Qachonki siz o`zingizni shu holatda uxlashga o`rgata olsangiz, bu sog`ligingizga yuqorida sanab o`tilgan foydalarni bera boshlaydi. To`g`ri tanlangan matras bel va bo`yin sohalarini kuchli va chidamli qiladi. Matrasning eng asosiy vazifasi Savasana holatini yaratib berishdan iborat, ya’ni siz uxlayotganingizda u tanangizni to`g`ri shakllanishiga ko`mak beradi.

Qorinda yotish bo`yningizga zarar yetkazadi

Ko`pchilik har kuni bo`lmasa ham, haftada bir necha marta qorinda uxlashga odatlanib qolgan. Bu holat sizning turli organlaringiz, ayqniqsa bo`yningizga ziyon keltiradi. Uzoq vaqt bu holatda yotish tanangizning old qismiga haddan ziyod bosim tushishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari, bu holatda bo`yningizni noto`g`ri yo`nalishda egishingiz oqibatida bo`yin sohangizdagi sezuvchanlik yo`qolishi mumkin.

Mazkur holatda uxlashning zararlari shu bilan tugamaydi. O`pkaga tushgan o`g`ir bosim tufayli nafas olish faoliyati qiyinlashadi. Agar tasodifan o`pkangizga jarohat yetkazib qo`ysangiz, bir kecha yomon yotishni deb bir necha hafta azob chekib yurishingiz mumkin. Bu holat sizga qanchalik qulay va tabiiy tuyilmasin, undan butunlay voz kechishingizni mutaxassislar tavsiya etishadi.

Chap tomonga yonboshlab uxlash yurak uchun foydali

Chap tomonda uxlash qon aylanishi va yurak faoliyatini yaxshilaydi, shu bilan birga jigarga bosim tushishini oldini oladi. Bu uyqu holati shunchalik foydaliki, shifokorlar homilador ayollarga ham aynan shu holatda uxlashni maslahat berishadi, chunki bu homilaning to`g`ri rivojlanishida eng qulay uyqu holati hisoblanadi. Qolaversa, chap tomoningizda uxlaganingizda, tanangizda limfa tugunlari orqali toksinlarni va chiqindilarni tozalash uchun ko`proq vaqt bo`ladi.

O`ng tarafda uxlash jig`ildon qaynashini kuchaytiradi

Chap tarafda uxlashingiz uchun yana bir sabab. Ko`p odamlar uxlayotgan paytda uyqu holatini bir necha mrta o`zgartirishadi va albatta bu ham sog`lik uchun foydali. Agar siz jig`ildon qaynashidan qiynalsangiz, chap tarafda uxlashingiz maqsadga muvofiq hisoblanadi. Undan tashqari, o`ng tomonda uxlash uyqusizlik va oshqozon bezovtaligi xavfini ham oshiradi.

Shu paytgacha siz balki qay holatda uxlashingizga unchalik ko`p e’tibor bermagandirsiz. Biroq endi bu sog`ligingiz uchun qay darajada ahamiyatli ekanligi va har safar uyquga ketishdan oldin uyqu holatini rejalashtirib olishingiz kerakligi haqida bilib oldingiz. Bularning hammasi matrasni to`g`ri tanlashdan boshlangani ma’qul.

Xorij matbuoti asosida Islomjon Abdumuhtorov tayyorladi

Manba: Erkak.uz
Категория: Foydali Maqolalar | Добавил: yurakchacom (2016-02-28)
Просмотров: 458 | Теги: Uyqu holati salomatligimizni yaxshi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт

Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024
    uCoz