Воскресенье, 2024-04-28, 1:50 AM
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Qo;shiqlar Matni [1]
Foydali Maqolalar [2]
Odnoklassniki Sirlari [0]
Yulduzlar Biografiyasi [21]
Hikoyalar (Real Voqealar) [0]
Kulgu Saxifasi [0]
Tush Tabiri 1000 xil [0]
Pazandachilik Sirlari [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 4
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Yulduzlar Biografiyasi

Otabek Mutalxo'jayev (Biografiya)
Otabek Mutalxo'jayev 1984-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Maktabdan so-ng Toshkent Davlat Texnika Universitetining "Neft va gaz" fakultetini tamomladi. Otabek Mutalxo'jayevning bobosi o'zbek klassik maqom qo'shiqlari ijrochisi Fayzulla Mutalxo'jayev bo'lgan. Kichkinagina nabirasini oldiga olgan Fayzulla ota Mutalxo'jayev Otabekni bog'chaga boradigan vaqtlaridanoq unga qo'shiq aytish sirlarini o'rgata oldi. Xonanda ijodini 2004-yildan boshladi desak ham bo'ladi. Xit taronasi – "Xazon", "Sevar yorim" va "Netayin" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonandaning 35dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari hamda 2 "Xazon" va "Boriga baraka" nomli albomlari bor. Otabek Mutalxo'jayev qo'shiq kuylabgina qolmay, balki NTT telekanalida "25 kadr" kinoko'rsatuvi boshlovchisi, hamda ko'pgina filmlarda bosh rol ijrichisi hamdir. 2006-yilda "Yangi yil" bayramiga bag'ishlab "Olovuddinning sarguzashtlari" musiqiy filmida bosh rol ijrochisi bo'lgan. Bundan tashqari rejissyor Dilmurod Mirxidoyevning "Lola", "Sehrli uzuk", Melis Abzalovning "Sirli sirtmoq", Tal'at Mansurovning "Madina" filmlarida bosh rollar ijrichisi bo'lgan. 2007-yil Otabek Mutalxo'jayev "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan. 2009-yilda M&TVA AWARDS taqdomotida "Yilning eng yaxshi erkak qo'shiqchisi" nominanti bo'lgan. Hamda shu yili "Istiqlol" san'at saroyida "Sevar yorim" konsert dasturini, 2008-yilda esa Fond Forumning "Biz bir jamoamiz" loyihasi ishtirokchisi hamdir. Xonanda O'zbekiston hududining barcha viloyatlarida gastrol konsertlarida, shuningdek bolalar uylari, nogiron bolalar va qariyalar sihatgohlarida hayriya konsert dasturlarini namoyish etib kelmoqda. Xonanda kompozitorlar Dilshod Maxkamov va Farruh Badalboyev hamda shoirlardan Dilshod Maxkamov, Bobur Bobomurod va Muhammad Ismoillar bilan birgalikda ijod qilmoqda. Xonandaning xobbilariga kelsak, sport turlarining suzish hamda chang'i uchishga juda qiziqadi. Ijoddan bo'sh vaqtlarida esa dunyo kinomotografiya va dunyo estradasini o'rganadi, hamda bouling va pleysteyshnni kanda qilmaydi.
Категория: Yulduzlar Biografiyasi | Добавил: yurakchacom (2016-03-07)
Просмотров: 277 | Теги: Otabek Mutalxo'jayev (Biografiya) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт

Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024
    uCoz