Среда, 2024-04-24, 11:04 PM
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Qo;shiqlar Matni [1]
Foydali Maqolalar [2]
Odnoklassniki Sirlari [0]
Yulduzlar Biografiyasi [21]
Hikoyalar (Real Voqealar) [0]
Kulgu Saxifasi [0]
Tush Tabiri 1000 xil [0]
Pazandachilik Sirlari [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 4
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » Статьи » Yulduzlar Biografiyasi

Ozodbek Nazarbekov (Biografiya)
Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974-yil mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug'ilgan. 1994-yildan qo'shiqchilik san'ati bo'yicha o'z ijodiy faoliyatini boshlagan. 2002-yildan buyon “O'zbeknavo” estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritadi. Ozodbek Nazarbekov 1994-yildan Respublika miqyosidagi Davlat tadbirlarida: O'zbekiston Respublikasi, Navro'z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o'zining yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etgan. 2003-yil 22-iyunda Turkiston saroyida “Oydin kechalar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini, 2005-yil 15-16-aprelda esa, Xalqlar do'stligi saroyida “Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini, 2006-yil 12-13-14-15-16-17-aprel kunlari “Sening darding…”, 2007-yil 7-apreldan 14-aprelga qadar “Diydor shirin”, 2008-yil aprelda “Jondan aziz”, 1-2-3-4 avgustda “Yaprog'imiz azim chinorning”, 2009-yil 4-apreldan 24-aprelga qadar “Mushtarak manzil”, 2010-yil 5-apreldan 23-aprelda “Qadamlar hikmati” deb nomlangan konsert dasturlarini o'z muxlislariga taqdim etdi. Xonandaning shu kungacha 11 ta audio, 8ta video kasseta va disk to'polamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan. Ozodbek Nazarbekov 2003-2007 yillarda Mannon Uyg'ur nomidagi san'at oliygohining talabasi bo'ldi. Hozirgi kunda mazkur oliygohning magistratura bosqichida tahsil olmoqda. U 2007-yil Oliy mukofotlardan biri “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi. 2010-yilda elu-yurtning yuksak mukofoti “O'zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo'ldi. 2010-yil musiqa va tele video nominasiyasi “M&TVA 2010” taqdimotida “Yilning eng yaxshi erkak xonandasi” mukofotini qo'lga kiritdi.
Категория: Yulduzlar Biografiyasi | Добавил: yurakchacom (2016-03-07)
Просмотров: 281 | Теги: Ozodbek Nazarbekov (Biografiya) | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт

Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024
    uCoz