
| Статистика |
Онлайн всего: 1 Гостей: 1 Пользователей: 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2016 » Март » 05
|
Qorday yog’ib kirib keldi ishq Izg’irinday so’zladim men Qorday yog’ib kirib keldi ishq Ayozida muzladim men Qorday yog’ib kirib keldi ishq Ko’chalarida qoldim men yolg’iz Qochma mendan taqdirim mening G’zabim yo’q, alamim bor Ayt qorni eritdi kim Nega buncha tez eridi qor?
|
|
Yangi Yilda yaxshi tilak bildirmoq odat, Yili bo'y boshingizga yog'sin shafoat, Tark etmasin "o'n ikki oy" baxtu saodat, Tark etmasin "ellik ikki hafta" xalovat!...
|
Eshiging ochildi, Chehrangda yog'du. Lablaringga xiyol tabassum indi. O'sha yigirma yil avvalgi tuyg'u- Bir lahza yurakning urushi tindi... Qoshlaring yoyini tortdi taajjub, Shunchalar charaqlab boqdi qaroqlar. Ichkari Yangi Yil- archangda ajib, Turli nurlar sochib yonar chiroqlar... Hayrating kimnidir yodingga solar, Meni tanimaysan... Bu- men Qorbobo! Bahorni uyg'otib esganday bo'lar, O'sha, yigirma yil avvalgi sabo... Qo'llaring qaltiray boshlaydi bexos, Eshikka suyanib turadi hasrat... Qarshingda mung'ayib boqadi besas O'sha yigirma yil avvalgi qismat. Sovuq. Tashqarida qorning quyuni, Ko'cha chiroqlari porlar- qahrabo... Qismat bo'ronida daydib uyingni Yigirma yil o'tgach topdi Qorbobo... O'g'ling shodliklari sig'mas dunyoga- Qorbobo! Qopida sovg'alari mo'l. Deyman: "Muz tog'lardan o'tdim piyoda, Mana, yigirma yil y
...
Читать дальше »
|
|
Kirib mana ön sakkiz yoshga, Vatan uchun men nima qildim, Ne savdolar tushmadi boshga, Yoshlik qilib höp öynab kuldim, Men özbekman özimga bekman, Qaddim kerib mag'rur turaman, Shu vatanning erka ög'liman, Kerak bölsa jonim beraman, Qon tökdilar qancha bobolar, Öshal Amur Temuriylarim, Tinchlik uchun ötdilar ular, Najmiddinu Boburiylarim, Ötib ketdi be ayov tunlar, Olloximga shukurlar bölsin, Yetib keldi mazmunli kunlar, Endi olam quvonchga tölsin, Madhin kuylab qölimda qalam, Ajib jöshqin ilhomlarim bor, Yiroq ketgan tashvishu alam, Mening uchun imkonlar bisyor, Kirgan bölsam ön sakkiz yoshga, Xur yurtimda quvonchla ösdim, Vatan uchun xizmatda bölib, Belni mahkam bog'laylik döstim.
|
|
Boshing egib , tazim ayla, shukrona ayt, Seni guldek erkalagan chaman uchun, Osmonlarda yurgan bo'lsang, tuproqqa qayt, Aytgil do'stim, nima qildik VATAN uchun.
|
|
O'ziga xos shevalari bor, Farg'onayu Xorazm, Qarshi. Paxta, pilla bo'yicha ilg'or, Ona vatan O'zbegim yaxshi,..
|
|
Просто ты не мог мне сказку дать. Ты решил, что лучше быть чужим. Смысла нет на правду возражать И бороться с разумом своим. Всё не будет так, как я хочу. Ничего с тобой и никогда. Я пишу стихи, опять молчу. Хоть друзья, надеюсь, навсегда.
|
|
Давай посмотрим милый друг На то, что между нами стало Как что-то загорелось и пропало В плену твоих замерзших рук Давай посмотрим милый друг Как моё сердце потухало И птичка счастья, что порхала Исчезла с неба, сгинув вдруг Давай посмотрим милый друг На то, что от любви осталось Что некогда надеждой звалось Чья смерть замкнула красный круг Давай посмотрим милый друг На ту, что как никто любила Что для тебя свой мир сгубила Познавши сладость тяжких мук Давай посмотрим милый друг На ту, что вере отдавалась Что кровью счастья обливалась Чей страшен и прекрасен был недуг Давай посмотрим милый друг На отраженье этой странной пары Не избежавшей страшной кары За сердца любящего стук. Давай посмотрим, улыбнемся И скажем твердо - это мы Мы разошлись среди зимы К любви мы больше не вернемся.
|
|
O'lim shunday bir ko'prikki undan hamma o'tajak, Kafan shunday bir kiyimki uni hamma kiyajak, Tobut shunday bir otki unga hamma minajak, Qabir shunday bir uyki unga hamma kirajak
|
|
Ollohim sabr ber tirnoqga zorga, Mexr ber mexrni kutgan baxorga, Diydor darig' tutma bir intizorga, Shundog'am dunyoda zorlar ko'pmasmi!
Umr ber dunyoni ko'rolmaganga, Imkon ber aybini yuvolmaganga, Sevgini yo'latma sevolmaganga, Shundog'am dunyoda xorlar ko'pmasmi!
Nega dunyo to'la shafqatsizlarga, Do'stlikni bilmagan ulfatsizlarga, Nega umr berding iffatsizlarga, Shundog'am dunyoda pastlar ko'pmasmi!
Tilagim hech kimsa jabr ko'rmasin, Gumroxlar yonimda do'st deb yurmasin, Ota-onamga hech dard yo'lamasin, Shundog'am dunyoda dardlar ko'pmasmi!
AbrorShoh She'ri
|
|
Sizga aytsam do'stlar hayot hikoya, Menga quvonch bo'lsa shudir kifoya, Erkakmassan deya qilar kinoya, Ichkiliksiz bayram bayram emasmish, Bir qadax ichmagan erkak emasmish! O'zingdan o'zgasin o'ylama deydi, Shu ketishda ular iymonni yeydi, Yigitlik shanini loyga bulg'aydi, Borlig'i shu ekan ermak emasmish, Tunlari yurmagan erkak emasmish! AbrorShoh dardini sizlarga aytdi, Ko'z o'ngimda kimlar g'ururin sotdi, Dunyodan qaytmasa o'g'lidan qaytdi, Birovni gapirish g'iybat emasmish, Kitob titkilagan erkak emasmish AbrorShoh She'ri
|
|
Hayot sabog'idan xotima qildim, Har joydan odamlar nafni qidirar, Ozmi ko'pmi yashab men shuni bildim, Shaytonlar ojizga iymon yedirar!
Boylik iskanjasi domida qolgan, Shundan yaralgandir qalbi qoralar, Aybni o'zi qilib hudoga solgan, Manmanlik gadosi dili poralar!
Bevafo dunyoda devona bo'lgan, O'ylagani oyga yetar qo'llari, O'n guldan bir guli ochilmay so'lgan, Iffatni ham sotdi shayton qullari!
AbrorShoh She'ri
|
|
Baxtli kunlarimga yetdim onajon, Lekin har qadamda manmanparastlar, Mening chin do'stimdir deya o'zgaga, Ortimdan maqtanar ig'voparastlar!
Ular qayda edi o'sha kunlarda, Yonimda turmadi g'am alamlarda, Boshim egilmadi qay eshiklarda, Ortimdan maqtanar shuxratparastlar!
Ko'mak so'rasam gar aytishdi ertak, Qadrimni xor qilib qilishdi ermak, Onajon aytingiz shularmi erkak, Molimga maqtanar boylikparastlar!
Men obro' topmadim u meni topdi, Ishongan do'stlarim eshigin yopdi, Mexr so'rsam dedi menga kim bo'pti, O'shalar maqtanar endi borimga!
Odam qilgan menman seni deyishdi, Uyim to'riga o'tib tuzim yeyishdi, Hatto bildirmasdan xasad qilishdi, Nomimga maqtanar obro'parastlar!
AbrorShoh She'ri
|
|
Taqdir qancha bersa sinov , Yovga sirim ochmayman, Ishoninglar bu hayotda, To'rt insondan kechmayman! Bag'rim o'yar dardim lekin, Bir qadah ham ichmayman, Bu dunyoda otam onam, Chin do'stimdan kechmayman! Boylik istar shaytonlarning, Boshidan zar sochmayman, Meni sevar chin vafoli, Go'zal yordan kechmayman! Alqissakim yaratganning Panohidan qochmayman, Ular mendan kechsa hamki, Men ulardan kechmayman!
AbrorShoh She'ri
|
|
Dardlarimni yorsam ustimdan kulib, Boylik ustun joyda qo'g'irchoq bo'lib, Hayot yolg'oniga bugun aldanib, Jaholat qariga o'zin otdilar, Mehrni so'rasam pulga sotdilar! Davrada o'zligin unutib qo'yib, Aslida manmanni kuchlidek bilib, Yurdilar ortimdan g'iybatlar qilib, Tuxmatni toshini bilmay otdilar, Hayot bozorida qadrim sotdilar! Kim qadrim bilmadi kimlar bildilar, Kim vafo qilmadi kimlar qildilar, Gohida yolg'onni zardek ildilar, Tuzlig'im unutib tuzim totdilar, Ortimdan sezdirmay nomim sotdilar!
AbrorShoh She'ri!
|
Yullаrimni poylаb o`tdilаr Хаtolаrim yillаb kutdilаr Omаdimdа qonlаr yutdilаr Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim Dаvlаtimdа kup edi do`stlаr Bugun yuqdir, ushа yuzsizlаr Bunchа boylik quli eh sizlаr Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim Bеchorаgа qulimni chuzdim Nomаrdlаrni yulini buzdim Yiqilishim lеkin kеch sеzdim Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim Vujudimda jush urar nafrat Aytay do`stlar achchiq haqiqat Pul va mansab, dardlaring faqat Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim Biring boylik uchun do`st menga Biring uchsan qiz va xotinga Uxshaysanlar alvasti, jinga Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim Muxabbatning cheki yuq , lekin Soxta so`zlab, yeb-ichar tekin Boylik ketsa, qochar u sekin Bilmаm qаydа аdаshdim tаngrim Davlatingda kupdir to`gang xam Xizmatingda ini-og`ang xam Yuz ugurar amma-holang xam
...
Читать дальше »
|
|
Baxt bilingki baxtlilarga yarashar, Baxti uchun baxtiyorlar kurashar, Baxtiyormiz biling bu kun xammamiz, Baxtimizni baxtga zorlar talashar...
|
|
Farzandlar òstirgan niyatlari oq, Bir umr mexnatda qòllari qadoq. 60ga kirmasdan sochlari oppoq, Otangni sevmasang kimni sevasan. Barcha bolasini birdayin suygan, Saxarda non yopib sochlari kuygan. Senga ipak tikib òzi chit kiygan, Onangni sevmasang kimni sevasan. Yaxshingni oshirib yomoning yopgan, 41 ta jonini senga baxsh etgan. Boriga shukur deb qanoat qilgan, Ayolni sevmasang kimni sevasan. Ishdan kelganingda Assalom degan, Burnidan chimchisang qiqirlab kulgan. 3 kun kòrmay qolsang tushinga kirgan. Bolangni sevmasang kimni sevasan. Qishda uzumini ishkomdan uzgan, Yozda kulchalari tandirsiz ishgan. Ey dòstim Hudoning nazari tuwgan. Vatanni sevmasang kimni sevasan..!
|
|
Sen meni tark etma yoshligim...! Eslasam poradir yuragim... Suzlaringa quloq tutgim jim... Yurak bag'rim ezilar sim sim.... Sen meni tark etma yoshligim... Kiprigimga qor bulib qungin... Soyam bulib yurmoqqa kungin.
|
Dunyo bormoqda o'tib qabr turmasdir kutib, Besh kunlik tor dunyoda qolmang tag'in qon yutib. Voh o'lim farishtasi kelsa yoqadan tutib, Hotirjam bo'la oling topa oling halovat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat. Guldek janonlar qani yer bilan bitta tani, Jannat ediku axir insoniyat vatani. Neki topsa molidan qolmush bugun kafani, Borsa agar qabriga borar faqat tilovat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat. Qasrlar bino topdi bo'lish uchun xoru-xast, Bir cho'pon ham bilardi ziynat xaqqiy orzumas. Dunyo asli MUSAMning (tufugiga) arzimas, Ohiratni bezashga qilaveringiz g'ayrat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat. Dunyo bizga tinmasdan suykalar kular ekan, Biz unga yaqinlashsak uzoqroq bo'lar ekan. Talhadan qolgan dunyo bizdan ham qolar ekan, Shu aniq xaqiqatni anglasangiz be toqat. OLLOHga sa'no ayting RASULiga salovat.
...
Читать дальше »
|
|
Go'zal uzbek qiziga, O'rangan oy yuziga, Quvonch to'lib ko'ziga, Onalik nasib qilsin.
Borib yorning uyiga, Yarashib yor bo'yiga, Yetib beshik to'yiga, Onalik nasib qilsin.
|
Yulduz uyaladi ko'rsa ko'zidan, Asalning mazasi kelar so'zidan, Hayo yog'iladi oftob yuzidan, Qirqta kokiliga boylanaman man, Chin o'zbek qiziga uylanaman man. Qaddida bo'lsa doim atlasu adras Chet el go'zallari qilganda xavas Bo'ylari bo'lsa xam mayli baland pas Shunday qiz qolganmi o'ylanaman man Agar bo'lsa shunga uylanaman man! Begim deb jilmayib choy tutib tursa, Ishdan kelishimni zor kutib tursa, Onamga kelinmas qiz bo'lib yursa, Vafodor yoriga aylanaman man, Chin o'zbek qiziga uylanaman man. Alla aytsa orom olsa qizchamiz, Muhabbatning sharobidan ichamiz, Ortiqcha g'am tashvishlardan kechamiz, Izlayman, topishga shaylanaman man, Chin o'zbek qiziga uylanaman man. Erni er qilguvchi xotin deydilar, Erni sher qilguvchi xotin deydilar, Asrangiz shu xotin zotin deydilar, Bormi izlaganim o'ylanaman man, Chin o'zbek qizig
...
Читать дальше »
|
|
Ey Qo'qon shamoli Farg'onaga kel, Uchirib olib ket meni bu yerdan Ag'dar to'ntar qilib butun shaharni, Ko'chirib olib ket meni bu yerdan. Ey Qo'qon shamoli Farg'onaga kel, Chinorlar yo'q yo'ling to'smaydi hech kim, Qutqu solib qo'ygin so'ngan dillarga, Senla samolarga keladi uchgim. Ey Qo'qon shamoli Farg'onaga kel, Juda ko'p daraxtlar qurtlashib ketdi. Iltimos o'zing bir saralab qo'ygin, Ustun, poydevorlar mo'rtlashib ketdi. Ey Qo'qon shamoli Farg'onaga kel, Katta kursilarni qimirlatib qo'y. Suv bossa to'pig'i qadar bormasmush, Kaltafaxmlarni g'imirlatib qo'y. Ey Qo'qon shamoli Farg'onaga kel, Chinorlar yo'q yo'ling to'smaydi hech kim.
|
|
O'zbek qizi senga gap, Xohlasang il, ilmagin. Qosh chimirma burma lab, Mini yubka kiymagin. Mo'ralar hamma sekin, Tomoshasan tep-tekin, Shim kiysang kiyu lekin, Mini yubka kiymagin. O'ylagin o'z joningni, Ochaverma soningni, Qoralama nomingni, Mini yubka kiymagin. Ko'zlaring suzilyapti, Yuragim ezilyapti, Hayollar buzilyapti, Mini yubka kiymagin. Yursang yerlar hijolat, Ko'rgan erlar hijolat, Yoqadimi shu holat, Mini yubka kiymagin.
Просмотров:
236
|
Добавил:
yurakchacom
|
Дата:
2016-03-05
|
|
|
Bahor oftobiday chehrangiz kulsin Doimo tabassum hamrohiz bo`lsin Kirgan bog`ingiz gullarga to`lsin 8 Mart bayramingiz muborak bo`lsin..
|
|
С днем 8 Марта, с праздником весенним! Льется пусть повсюду, звонкое веселье! Пусть сияет солнце, пусть уйдут морозы! Пусть прогонит зиму, веточка мимозы!
|
|
Qizlar bugun ajoyib bayramingiz, Ko'ray bir zum tabassumu-kulganingiz. Kulganingiz dilga hush yoqar, Kulmasangiz qaysi yigit boqar
|
|
Erta bahor gullagan binafsha misol, Ko'nglingiz doim beg'ubor bo'lsin. Yangi ochilgan gul "Lola" misol, Lablarizda doim tabassum bo'lsin. Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo. 8-MART Ayyomingiz muborak bo'lsin!!!
|
|
Baxor chechaklari bo'lsin armug'on, Siz nurli insonsiz baxtli begumon, Bayramla qutlayman bo'ling shodumon, Har kuningiz o'tsin bayramday har on!
|
|
Qalbingiz hamisha quvonchga to'lsin, Shodlik baxt doimo hamroxingiz bo'lsin, Har bir kuningizga Olloh fayz bersin, Bugungi ayomiz muborak bo'lsin!
|
|
Qalblardagi chiroyli tilak Savoblardan beradi darak Sizga izhor aylayin istak 8 Mart bayramingiz bo`lsin muborak..
|
|
8 - MART BUGUN. ONAJONLAR BAYRAMI. YO`LLARIGA POYANDOZ. DASTA GULLAR BOYLAMI
|
|
Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga, Bahor kabi beg'ubor mushtipar ayol. Bo'ling doim salomat siz baxtimizga, Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.
|
|
Muborak ayyomning tiniq tongiday, Musaffo ranglarga to'lganda borliq. Xushbo'y tabiatning yetti rangiday, Osmon gardishida qolganda yorliq. Eng porloq tuyg'ularni tilayman sizga, Eng shirin orzularni tilayman sizga. ............................ bo'lsin muborak!
|
|
Uzoqlarga ketmang aylang baxtim butun, Yuragimni ishq qasriga etib tutqun. Hafamasman! Hursand bo'ling siz ham mendan, Ahir shodlik, ahir quvonch, Bayram bugun.
Mayli kelmang uzoqlardan kulib boqing, Mayli hufya biz tomonga qoshlar qoqing. Mayli ko'rmay o'shal baxtni men buguncha, Lekin sira hafamasman, Bayram bugun!
Sho'x qo'shiqlar tinglang, faqat bo'ling shodon, Eslang yahshi lahzalarni kulib handon. Ko'zlaringiz baxtga to'sin ey qadrdon, Mayli sizdan hafamasman, Bayram bugun!
|
|
Men bu dunyoda sizni dedim Yuragim ichra tanhoyim dedim Sevgim aytay deymanu aytolmayman Tug'ilgan kuningizda sovg'a qilaman!!!
|
|
Sokin tunda bezovta qilib, Eng so'nggilar safida bo'lib. So'zlarimni guldasta bilib, Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
Quvonaman juda judayam, Quvonchizdan quvonar olam. Garchi gullar tutolmasam ham, Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
Bu sherni mehrimni parchash dedim, Har bir misrasini sizga atadim. Tabriklayman sizni azizim singlim, Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
Sizga tilaklari hali ko'p bisyor, Baxtingiz gullasin go'yoki bahor. Ko'nglizda qolmasin zarracha g'ubor, Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
Bu balki siz uchun katta sovg'amas, Balki bu umuman sovg'a ham emas. Bilaman baribir bundan quvonas, Deyman Tug'ilgan kuningiz bilan!
| |
| |
|

| Календарь |
| « Март 2016 » |
| Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | | 28 | 29 | 30 | 31 | |
|