Пятница, 2024-04-26, 2:33 PM
Мой сайт
Приветствую Вас Гость | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [11]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 4
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2016 » Март » 05
Vetnamda ikki turli erkakdan
egizak farzand ko'rish holati qayd
etildi, deb xabar bermoqda Tuoi
Tre News portali. Bunday hodisa
juda kam uchraydi.

Xanoydagi irsiy tahlil va
texnologiyalar markazi direktori
Nguen Txi Nganing aytishicha,
2016 yil fevral boshida unga yangi
tug'ilgan egizaklarning biologik
otasiligini tekshirishni istagan
erkak murojaat qilgan. Erkakning
yaqinlari egizaklardan biri otasi va
egiziga umuman o'xshamasligini
aytishgan. Irsiy tahlil egizaklarning
onasi bir ayol ekanligini, biroq
uning turmush o'rtog'i faqatgina
egizaklardan birining otasi
ekanligini tasdiqlagan.

Fanda geteropaternal
superfekundatsiya deb ataluvchi
bu hodisa bir necha omillarning bir
vaqtda yuz berishidagina sodir
bo'lishi mumkin. Bunday
holatlarning yuz berishi juda kam
uchraydi. Nguenning aytishicha, u
... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 569 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Yaqinda uzoq kutilgan "Omon
qolgan" filmi uchun "Oskar"
mukofotini olgan aktyor Leonardo
Di Kaprio mukofot olish vaqtida
sahnada Jahongir Ahmedovning
"Majnun" filmi haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha, "Majnun" filmining
premerasi "Oskar" topshirish
kuniga qadar bo'lganida "&ng
yaxshi aktyor" mukofotini
shubhasiz Ulug'bek Qodirov olgan
bo'lar edi.

"Agarda shu yil ham "Oskar"ni
olomay qolsam, aktyorlikni tashlab
arendaga Matiz olib kira qilmoqchi
edim", dedi aktyor.

Shuningdek, aktyor o'zining yana
bir orzularidan biri "Majnun"
filmining premerasiga tushish
ekani ma'lum qilgan.

"Sizlarda taklifnoma yo'qmi? Menda
bor. Hammaga yetadi. Hammamiz
birga Toshkentga boramiz",
dedi "Oskar" sovrindori.

Manba: Kun.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 464 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Taniqli o'zbek kinoaktyori Ulug'bek
Qodirov ayollar bayrami
munosabati bilan o'z onasi haqida
gapirib o'tdi.

“Yodimda, onajonim xarid qilgan
yangi tuflida yigitlar bilan aylangani
borganmiz. Yangi poyabzal
oyoqlarimni g'ajib, qonatib
tashlasa ham, chekinmay, o'sha
paytdagi Teatr va rassomchilik
institutigacha borganman. Keyin
uyga kelib, Onajon, ana shu
oliygohga kiraman”, deganimda,
volidam hayrat bilan
Nimaga?, deganlar.
Axir qonim o'sha dargoh
darvozasi ostida to'kildi”, deb
hazillashgan edim.

Aktyor o'z yutuqlarida onasining
xizmati beqiyos ekanini aytib,
aktyorlikda nimaiki topgan
bo'lsam, volidamning muqaddas
fotihalari, duolari sabab”, deya fikr
bildirgan.

Manba: Kun.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 411 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 2020-yilga
kelib 1,42 milliard kishiga yetadi. Ushbu
ma’lumot Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi bo‘yicha 13-beshyillik rejasi
(2016—2020-yillar) loyihasiga kiritilgan.
Bu haqda “TASS” xabar beradi.

“Xitoy tug‘ilishni rejalashtirish tizimini
isloh qiladi va bir oilada ikki bola
strategiyasini amalga oshiradi. 2016-yilga
kelib Xitoy aholisi 1,42 milliard kishiga
yetishi bashorat qilinmoqda”, — deb
ta’kidlanadi hujjatda.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2015-
yilda Xitoyda 1,37 milliard kishi istiqomat
qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning
dekabrida Xitoyda “bir oilaga — bir
farzand” siyosati rasman bekor qilingan.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 352 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Xitoyning markaziy qismida
joylashgan Chuntsin shahrida 9
yoshli bolaning onasi o'z
farzandini kuniga 16 soatdan
o'qishga majbur qilmoqda. Bu
haqda South China Morning Post
nashri xabar bermoqda.

Bola maktabdan qaytayotgan
paytda ham uy ishini bajarib
ketadi, darsdan tashqari vaqtda
hattotlik, suzish va matematika
bilan shug'ullanadi. Bola bularning
barchasiga ulgurish uchun har
kuni ertalab soat 5 da uyg'onadi va
soat 6 dan qo'shimcha
mashg'ulotlarni boshlaydi. Bolaga
faqatgina kechki soat 22 da dars
qilishni to'xtatishga ruxsat beriladi,
shunday keyin bola uyquga ketadi.

Bolaning onasi bunday tarbiya
usulini o'z otasidan meros qilib
olgani, uning otasi ham uni
yoshligida xuddi shunday usulda
tarbiyalaganini ta'kidlamoqda.
"Agar o'g'lim kelajakda o'ziga yengil hayotni ta'minlamoqchi bo'lsa, unda
hozir ... Читать дальше »
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 376 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)

Yerdan 11,8 million kilometr naridan
diametri 470 metrli 2015 WH2 asteroidi
uchib o‘tib ketdi. Bu haqda Xalqaro
astronomiya ittifoqining kichik sayyoralar
markazi ma’lum qilgan, deya xabar beradi
“RIA Novosti”.

Mazkur asteroid 2015-yil noyabrida
amerikalik astronomlar tomonidan
Arizona shtatining Lemmon tog‘ida
joylashgan observatoriyada aniqlangandi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, uning o‘lchami yirik
bo‘lib, diametri 150 dan 470 metrgacha
boradi.

Asteroidning kimyoviy tarkibi va shakli
hozircha olimlarga ma’lum emas.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 337 | Добавил: yurakchacom | Дата: 2016-03-05 | Комментарии (0)


Вход на сайт

Поиск
Календарь
«  Март 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024
    uCoz